AsosiyJAMIYAT

O'zbekistonda qurilish kompaniyalari ustidan shikoyatlar keskin ko'paydi

2025 yil davomida mazkur yo‘nalishda 1 706 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, 2026 yilning birinchi choragidayoq ularning soni qariyb mingtaga yetgan.

'O'zbekistonda qurilish kompaniyalari ustidan shikoyatlar keskin ko'paydi'ning rasmi

Oʻzbekistonda qurilish sohasidagi qonunbuzilishlar yuzasidan fuqarolar murojaatlari soni keskin oshdi. Bu haqda Raqobat qoʻmitasi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, 2025 yil davomida mazkur yoʻnalishda 1 706 ta murojaat kelib tushgan boʻlsa, 2026 yilning birinchi choragidaёq ularning soni qariyb mingtaga yetgan.

Murojaatlarda asosan qurilish ishlarining sifatli bajarilmasligi, koʻrsatilmagan xizmatlar uchun haq undirilishi, shartnoma shartlariga rioya etilmasligi, uy-joylarni belgilangan muddatda topshirmaslik, tegishli ruxsatnomalarsiz oldindan toʻlov yigʻish holatlari tilga olingan.

Shuningdek, texnik talablarga javob bermaydigan qurilish materiallaridan foydalanish, reklamada vaʼda qilingan loyihalarning amalda bajarilmasligi boʻyicha ham koʻplab eʼtirozlar bildirilgan.

Shu munosabat bilan Raqobat qoʻmitasi fuqarolarga hali qurib bitkazilmagan uy-joylar uchun toʻlov qilish yoki yangi qurilgan koʻp qavatli uylardan xonadon sotib olishdan oldin shartnoma shartlarini sinchiklab oʻrganishni tavsiya qildi.

Xususan, quruvchi va xaridorning huquq hamda majburiyatlari, qurilish va foydalanishga topshirish muddatlari, shuningdek, ushbu muddatlar buzilganda tomonlarning javobgarligiga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlangan.

Qoʻmita quruvchi tashkilotlarni amaldagi qonunchilik talablariga qatʼiy rioya qilishga chorlab, qonun buzilishi tegishli taʼsir choralari qoʻllanilishiga sabab boʻlishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Eslatib oʻtamiz, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiq, fuqarolar tovar va xizmatlarni erkin tanlash, ularning sifatli boʻlishini talab qilish hamda yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararning qoplanishini soʻrash huquqiga ega.

Shu bilan birga, Prezident farmoniga koʻra, 2026 yil oktyabridan qurilish jarayoni ishtirokchilarining korruptsiyaviy harakatlarini erta aniqlash maqsadida “sirli mijoz” mexanizmi joriy etiladi. 2026 yil sentyabridan esa yer uchastkalariga oid huquqlar yuzaga kelgan paytdan boshlab qurilish ishlarini amalga oshirishning qonunda belgilangan tartibiga rioya qilish yuzasidan ogohlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 10:47

    'Sindorov va Asaubayeva Monakodagi “Formula-1” poygasida ko‘rinish berdi.'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 09:45

    Sindorov va Asaubayeva Monakodagi “Formula-1” poygasida ko‘rinish berdi.

    22 yoshli Bibisara Asaubayeva yaqinda Norvegiyaning Oslo shahrida o‘tkazilgan nufuzli shaxmat turnirida g‘olib chiqib, musobaqa tarixidagi eng yosh chempionga aylangan.

    'Denovda IIB xodimi 14 yoshga to‘lmagan qiz nomusiga tegishda gumon qilinmoqda'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 07:12

    Denovda IIB xodimi 14 yoshga to‘lmagan qiz nomusiga tegishda gumon qilinmoqda

    Hozircha voqea aynan qachon sodir bo'lgani rasman ma'lum qilinmagan.

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 07:07

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 06:30

    'Yaponiya meri tarixda ilk bor tuğruq ta'tiliga chiqadi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 03:55

    Yaponiya meri tarixda ilk bor tuğruq ta'tiliga chiqadi

    Mernimg aytishicha, u rahbarlik lavozimlaridagi ayollar ham oila va ish o‘rtasida muvozanatni saqlashi mumkinligini ko‘rsatishni istaydi.