Pokiston harbiylari Afg‘oniston sharqidagi hududga raketa zarbalari berdi. Hujum oqibatida tinch aholi orasida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar bor.
Hasht e Subh Daily xabariga ko‘ra, zarbalar Kunar viloyati markazi atrofidagi hududlar hamda aholi yashash uylarini nishonga olgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, 16 kishi jarohatlangan.
Tolibon muvaqqat hukumat matbuot kotibi o‘rinbosari Hamdulla Fitratning aytishicha, jarohatlanganlarning aksariyati ayollar va bolalardan iborat. Unga ko‘ra, 29 mart kuni soat 17:00 atrofida Pokiston harbiylari hududga yana og‘ir qurollar bilan zarba bergan.






