1 aprel kuni ertalab Turkiya xavfsizlik kuchlari to‘xtash buyrug‘ini berganiga qaramay, Egey dengizida harakatlangan rezina qayiq yuqori tezlikda qochishga uringan va cho‘kib ketgan.
Oqibatda 18 muhojir halok bo‘lgan, 21 nafar kishi qutqarib olingan.
Hozircha qurbonlarning shaxsi va ularning qayerdan kelgani aniq emas. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.






