AQSh prezidenti Donald Trump Vashingtondagi kelgusi muzokaralar samarali yakunlansa, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Rossiya rahbari Vladimir Putin ishtirokida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazilishini aytdi.
Trumpning so‘zlariga ko‘ra, Putin urushni tugatishni xohlaydi. Zelenskiy esa “qotilliklarni to‘xtatishga uringani” uchun Trumpga minnatdorlik bildirdi va uch tomonlama hamkorlikka tayyorligini aytdi.
Shu o‘rinda savol tug‘iladi: haqiqatan ham bu uchrashuv urushga nuqta qo‘yadimi yoki yana bir diplomatik urinish bo‘lib qoladimi?