AsosiyDunyo

Baggajga solinayotgan yigit: IIO xodimlari mojarosi ortida nima bor?

Toshkentda 20 yoshli yigitni ichki ishlar xodimlari yukxonaga solib olib ketmoqda degan video ijtimoiy tarmoqlarda jiddiy muhokamalarga sabab bo‘ldi.

'Baggajga solinayotgan yigit: IIO xodimlari mojarosi ortida nima bor?'ning rasmi

16 avgust kuni Olmazor tumanida xizmatda bo‘lgan IIO xodimlari shubhali harakat qilayotgan uch nafar yigitga to‘xtashgan.

Ulardan biri — 2005 yilda tug‘ilgan U.M. hujjatlarni ko‘rsatishdan bosh tortib, qarshilik ko‘rsatgan va voqea joyidan qochishga uringan. Rasmiy bayonotga ko‘ra, yigit avtomobil saloniga o‘tkizilib, tuman IIO FMBga olib ketilgan.

U.M.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194 va 195-moddalari asosida bayonnoma rasmiylashtirilib, ish sudga yuborilgan. IIBB yigit yukxonaga solinmaganini ta’kidlamoqda.

    Boshqa yangiliklar