Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, Navoiy xalqaro aeroportiga Mo‘g‘ulistondan havo yo‘li orqali ming bosh "Bayad" zotli qo‘y olib kelindi. Yukning umumiy og‘irligi 37 tonnani tashkil etadi. Bu ikki davlat prezidentlari darajasida erishilgan kelishuv asosida amalga oshirilayotgan birinchi chorvachilik partiyasi hisoblanadi.
Parvoz Qirg‘izistonning "KAP KG" yuk aviakompaniyasi tomonidan bajariilgan. Rejaga ko‘ra, oktabr oxirigacha 60 ta parvozda 50 ming bosh, yil yakunigacha esa 100 ming bosh mayda qoramol yetkazilishi rejalashtirilgan.
Ushbu loyihani texnik qo‘llab-quvvatlash, logistika va tartib-taomillarni muvofiqlashtirish bo‘yicha Navoiy aeroporti mutaxassislari jalb etilgan.
Shuningdek, Mo‘g‘uliston bosh vaziri o‘rinbosari S.Amarsayxan bilan o‘tkazilgan muzokaralarda eksportbo‘yini 18 dollardan 7 dollarga tushirishga erishildi. Qaytish reyslarida esa O‘zbekistonning meva-sabzavotlari Mo‘g‘ulistonga yetkaziladi — 123 ta yuk parvozlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.