Bugun, 19 avgust kuni Finlandiya parlamentining binosida deputat o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda “Iltaalehti” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa haqida xabar soat 11:06 da kelib tushgan. Marhumning ismi oshkor etilmagan lekin u deputat bo‘lgani rad etilmagan.
Politsiya hodisa yuzasidan tekshiruv boshlagan. Huquq-tartibot idoralari marhumning o‘limida jinoyat alomatlari yo‘qligini qayd etgan. Voqea joyida bir necha politsiya patrullari va shifokorlar ishlamoqda.
“Koalitsiya” partiyasi fraktsiyasi raisi Yukka Kopra bu fojiani vazirlarning yozgi yig‘ilishi chog‘ida jurnalistlardan eshitganini aytgan. Unga so‘zlariga ko‘ra, vafot etgan deputat qaysi partiyadan bo‘lgani unga noma’lum. Siyosatchi bu voqeani “achinarli va jiddiy hodisa” deb atagan.