AsosiyDunyo

Toshkentda aliment to‘lovi bo‘yicha rekord miqdor qayd etildi

4 farzandini ta'minlash uchun otaning 2,4 milliard so‘mlik aliment to‘lovi bir yo‘la amalga oshirildi.

'Toshkentda aliment to‘lovi bo‘yicha rekord miqdor qayd etildi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosining (MIB) Toshkent shahar Uchtepa tuman bo‘limiga murojaat qilgan fuqaro Sh.J. voyaga yetmagan 4 nafar farzandining kelajakdagi ta’minoti uchun 2 milliard 442 million so‘mlik alimentni oldindan to‘ladi.

Qarzdor sud qaroriga binoan farzandlariga daromadining yarmi miqdorida aliment to‘lashi belgilangan. U ariza bilan murojaat qilib, bolalari voyaga yetguniga qadar bo‘lgan 16 yilga mo‘ljallangan umumiy to‘lovni oldindan amalga oshirishni so‘ragan.

MIB ma’lumotiga ko‘ra, ushbu mablag‘ undiruvchi — farzandlar onasi Sh.D. ga to‘lab berilgan. Shu tariqa ijro hujjati o‘z vaqtida va to‘liq tamomlangan.

Bu holat Toshkentda aliment to‘lovi bo‘yicha eng yirik miqdordagi oldindan to‘lov sifatida qayd etildi.

    Boshqa yangiliklar