Turkiston viloyati sudi tomonidan O‘zbekiston hududiga noqonuniy yoqilg‘i etkazib berishda ayblangan besh nafar shaxsga nisbatan hukm o‘qildi. Bu haqda Zamon.uz ma’lum qildi. Sud materiallariga ko‘ra, ayblanuvchilar Sariog‘ash tumanida 375 metr uzunlikdagi maxfiy yer osti tunnelini yotqizib, u orqali 2024 yil avgust–dekabr oylarida jami 420 tonnadan ortig AИ-92 benzinini O‘zbekistonga noqonuniy tarzda o‘tkazgan. Ushbu faoliyat oqibatida davlatga 112 million tenge (qariyb 2 milliard so‘m) miqdorida zarar etkazilgan.