Amerikalik milliarder Ilon Mask oʻz partiyasini tuzish rejalarini vaqtincha toʻxtatdi. Bu haqda manbalarga tayanib, The Wall Street Street Journal xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, milliarder oʻz eʼtiborini kompaniyalarga qaratmoqchi. U respublikachilar partiyasidan ovozlarni olib qoʻyishi mumkin boʻlgan uchinchi partiyani tuzib, “taʼsirchan respublikachilarni” norozi qilishni istamaydi.
Soʻnggi paytlarda AQSH senatora Jey Di Vens bilan koʻp mulogot qilmogʻda va agar Vens 2028 yilda prezidentlikka nomzodini qoʻysa, uni qoʻllab-quvvatlash uchun moliyaviy resurslaridan foydalanishi mumkin. Shunga qaramay, Mask yangi partiya tuzish imkoniyatini rasman rad etmagan.
Tarixan uchinchi partiyalar koʻpincha ikki asosiy partiyaning ovozlarini qoʻlga kiritib kelgan. Donald Trampning ikkinchi prezidentlik muddati boshida Mask tashabbusi bilan Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) tuzilgan edi. Biroq may oxirida milliarder vakolatlari tugagani uchun davlat lavozimini tark etdi. Iyun oyida Mask Trampning “katta goʻzal qonun” loyihasini keskin tanqid qilib, u byudjet defitsitini yanada oshirishini aytdi.
Shuningdek, keyingi saylovlarda demokratlarni qoʻllab-quvvatlashi mumkinligini bildirdi. Bunga javoban Tramp unga “juda jiddiy muammolar” boʻlishini aytdi, ammo Mask keyinchaik yarashuv bilan chiqdi.