AsosiyDunyo

Hindiston yana bir yadroviy qurolni sinovdan o'tkazdi

Ushbu yadroviy qurol 5 ming kilometrdan ortiq masofaga uchuvchi va yadroviy jangovar kallaklarni tashiy oladi.

'Hindiston yana bir yadroviy qurolni sinovdan o'tkazdi'ning rasmi

Hindistonda 5 ming kilometrdan ortiq masofaga uchuvchi va yadroviy jangovar kallaklarni tashishga qodir “Agni-5” ballistik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Hindiston Mudofaa vazirligi 20 avgust kuni usbu mavzu yuzasidan rasmiy bayonot bergan. Ma’lum qilinishicha, sinov Odisha shtatida o‘tkazilgan bo‘lib, raketa barcha texnik va operatsion talablarga to‘liq javob bergan.

Raketa sinovi Hindiston bosh vaziri Narendra Modining so‘nggi yillarda ilk bor Xitoyga tashrif buyurishga tayyorlanayotgan bir paytda bo‘lib o‘tmogda. Ushbu tashrif Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida avgust oyida Xitoyning Tyanszin shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I iyul oyida Nyu Deliga tashrif buyurgandi. Shuningdek, avvalroq Modi va Si Tszinpin 2024 yil oktyabr oyida Rossiyada bo‘lib o‘tgan BRICS sammitida norasmiy uchrashuv o‘tkazgandi. Ushbu ijobiy siljishlar orasida ikki davlat o‘rtasida 2020 yilda COVID pandemiyasi sabab bekor qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijoriy aviaqatnovlarning qayta tiklanishi, hind sayyohlariga Tibetdagi ziyorat joylarining ochilishi va turist vizalarining qayta berilishi bor.

“Agni-5” raketasi Hindistonning yadro quroliga ega boshqa qo‘shnisi – Pokistonga qarshi mudofaa strategiyasining ham muhim qismi sanaladi. Ikki davlat o‘rtasida 2025 yil bahorida so‘nggi o‘n yillikdagi eng keskin harbiy to‘qnashuvlardan biri sodir bo‘lgan, ya’ni ikki tomon bir-birining hududiga raketalar bilan zarba bergan.

    Boshqa yangiliklar