Eronda 21 avgust kuni erkak o‘zi sodir etgan jinoyat joyida osib o‘ldirildi. Bu ikki kun ichida amalga oshirilgan ikkinchi ommaiviy qatl bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, osilgan erkak 2024 yil oxirida “er-xotin va bir ayolni ov miltig‘i bilan o‘ldirganlikda” aybdor deb topilgan. So‘ng omma oldida osib o‘ldirilgan.
Eronda aksariyat o‘lim jazosi qamoqxonalarda amalga oshiriladi. Ommaiviy qatllar esa odatda jamiyatda katta norozilik uyg‘otgan jinoyatlarga nisbatan qo‘llanadi. So‘nggi qatl Kordkuy shahrida tong payt “jinoyat sodir etilgan joyda va ommaiviy ravishda” amalga oshirilgan.
Amnesty International inson huquqlari tashkilotiga ko‘ra, Eron dunyoda Xitoydan keyin eng ko‘p odam qatl qiladigan davlat hisoblanadi. BMTning Inson huquqlari bo‘yicha boshqarmasi iyul oyda Erondan o‘lim jazosini qo‘llashni to‘xtatishga chaqirgan.
Boshqarma 2025 yilning birinchi yarmida kamida 612 kishi qatl etilgani haqida xabar bergan.