AsosiyJamiyat

“Adworld”ni reklama qilgan ikki blogger ishi sudga yuborildi

Лицензиясиз хорижга ишга юбориш хизматларини тарғиб қилган блогерлар Отабек Жўраев ва Абдураҳмон Абдураҳмоновга нисбатан баённомалар тузилиб, иш судга оширилди.

'“Adworld”ni reklama qilgan ikki blogger ishi sudga yuborildi'ning rasmi

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi xabariga koʻra, blogerlar “Adworld Group” MChJning xorijda ishlashga yuborish xizmatlarini reklama qilgan. Biroq kompaniyada bunday faoliyat uchun zarur litsenziya mavjud emasligi aniqlandi.

Qonunga koʻra, litsenziyasiz xorijda ishga joylashtirish faoliyatini amalga oshirish va bunday xizmatlarni reklama qilish qatʼiyan man etiladi.

Holat yuzasidan Joʻraev va Abdurahmonovga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ish sudga yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar