AsosiyJamiyat

Toshkentda 50 sotix yerni 4 million dollarga sotmoqchi bo'lgan firibgarlar qo'lga olindi

Firibgarlar o‘zlariga tegishli bo‘lmagan yer maydonini sotmoqchi bo‘lib, tadbirkorni aldab 200 ming dollar olayotganda qo‘lga tushdi.

'Toshkentda 50 sotix yerni 4 million dollarga sotmoqchi bo'lgan firibgarlar qo'lga olindi'ning rasmi

Mirobod tumanida joylashgan qurilish kompaniyasi ofis menejeri hamda makler sifatida ishlovchi fuqaro, 50 sotix yer maydonini 4 million AQSh dollariga tadbirkorga sotishga kelishgan.

Ular yer ularga tegishli bo‘lmasa-da, hujjatlarni rasmiylashtirib berish, yer toifasini o‘zgartirish va kottej qurilishi uchun ruxsat olishni va’da qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ular 200 ming dollar olayotganda ushlandi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi va 28,211-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumondorlarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.

    Boshqa yangiliklar