AsosiyDunyo

Putin Mehribon Aliyeva ni tabrikladi

Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi ziddiyatlar fonida Prezident Vladimir Putin Ozarbayjonning birinchi vitse-prezidenti Mehribon Aliyevani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

'Putin Mehribon Aliyeva ni tabrikladi'ning rasmi

Bugun, 22 avgust kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyevning rafiqasi va mamlakatning birinchi vitse-prezidenti Mehribon Aliyevaning tavallud ayyomi bilan muborakbod etdi. Tabriknoma matni Ozarbayjon Prezidentining matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

“Hurmatli Mehribon Arifovna, tug‘ilgan kuningiz bilan chin yurakdan tabriklayman. Sizga mustahkam sog‘lik, baxt, farovonlik va faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman”, — deyiladi Putin maktubida.

Rossiya yetakchisi maktub oxirida Mehribon Aliyeva turmush o‘rtog‘i Ilhom Aliyevga va butun Aliyevlar oilasiga salom yetkazishni ham so‘ragan.

Tabriknoma ikki davlat o‘rtasidagi sovuq munosabatlar fonida yuborilgani e’tiborni tortdi. Aqtau shahrida Ozarbayjon samolyoti qulashi va ikki davlatda fuqarolar qo‘lga olinishi Moskva va Boku aloqalarini keskinlashtirgan edi.

Ma’lumot uchun, Mehribon Aliyeva 1964 yil 26 avgust kuni Boku shahrida tug‘ilgan. 2017 yildan beri Ozarbayjonning birinchi vitse-prezidenti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. U siyosatga kirishishidan avval Haydar Aliyev jamg‘armasiga rahbarlik qilgan va parlament deputati bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Ilhom Aliyev va Vladimir Zelenskiy o‘rtasida telefon aloqasi bo‘lib o‘tgan. Ular Rossiya tomonidan Ozarbayjonning SOCAR kompaniyasining Ukraynadagi neft bazasiga berilgan havo hujumini qoralagan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'G‘azoda ilk marta ocharchilik rasman tasdiqlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 21:06

    G‘azoda ilk marta ocharchilik rasman tasdiqlandi

    Har kuni kattalar orasida har 10 000 kishiga 2 ta, bolalar orasida esa har 10 000 kishiga 4 ta o‘lim holati ochlik, to‘yib ovqatlanmaslik va kasalliklar tufayli qayd etilmoqda.

    'Suriya Rossiya bilan hamkorlikda yangi banknotlarni bosib chiqaradi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 18:48

    Suriya Rossiya bilan hamkorlikda yangi banknotlarni bosib chiqaradi

    Ularni Rossiyaning "Goznak" kompaniyasi chiqaradi.

    'Xitoyda 2 yoshli bola mashinada qisilib vafot etdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:56

    Xitoyda 2 yoshli bola mashinada qisilib vafot etdi

    Shifokorlar miya jarohati va kislorod yetishmasligi tashxisini qoʻygan.

    'Meksikada o‘tloqdan chiriy boshlagan 6 nafar erkakning tanasiz boshi topildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:21

    Meksikada o‘tloqdan chiriy boshlagan 6 nafar erkakning tanasiz boshi topildi

    Tergov politsiyasi xodimlari va ekspertlar voqea joyiga etib borgan va dastlabki tekshiruv ishlarini boshlagan.

    'Germaniyalik alpinistlar 4000 metr balandlikda qutqarildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 15:11

    Germaniyalik alpinistlar 4000 metr balandlikda qutqarildi

    Shveytsariya Alp tog'larida qolib ketgan ikki nafar Germaniyalik alpinist bir kecha-kunduz davomida yordam kutishga majbur bo'ldi.

    'Trump: Biden Ukrainaga hujum qilishga ruxsat bermadi, shuning uchun gʻalaba imkonsiz'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:35

    Trump: Biden Ukrainaga hujum qilishga ruxsat bermadi, shuning uchun gʻalaba imkonsiz

    Donald Trumpning aytishicha, Jo Bayden Ukrainani Rossiyaga qarshi hujum qilishdan tiyib, urushda gʻalaba qozonish imkoniyatini yoʻqqa chiqargan.