AsosiyJamiyat

Navoiyda niqobli shaxslar bankomatni umardi

Ushbu pul jo'natish qurilmasida 5 million 263 ming so'm pul mablag'lari bo'lgan.

'Navoiyda niqobli shaxslar bankomatni umardi'ning rasmi

Navoiy viloyatida 3 nafar bankomatni o‘g‘irlab ketgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Bildirilishicha, joriy yilning 4 avgustidan 5 avgustga o‘tar kechasi qo‘liga tibbiyot qo‘lqoplari va yuzlariga niqob taqqan 2000, 2002 va 2004 yillarda tug‘ilgan shaxslar davlat raqami mavjud bo‘lmagan mashinada “Taraqqiyot” MFYda joylashgan bankomatni o‘g‘irlab ketgan.

Ushbu pul jo‘natish qurilmasida 5 million 263 ming so‘m pul mablag‘lari bo‘lgan. Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida 3 nafar gumonlanuvchi navbatdagi o‘g‘rilikni amalga oshirmoqchi bo‘layotgan paytlarida qo‘lga olingan.

Mazkur holatda davlat manfaatlariga 36 million 763 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgani aniqlandi.

Gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Surxondaryoda ayol va bolasini molxonada saqlaganlar sud hukmi o‘qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:51

    Surxondaryoda ayol va bolasini molxonada saqlaganlar sud hukmi o‘qildi

    5 oy davomida majburan saqlangan ayol va yangi tug'ilgan farzandiga zo'ravonlik qilganlarga jazo tayinlandi.

    'Тожикистонга олиб ўтилаётган ноқонуний дори воситалари аниқланди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:35

    Тожикистонга олиб ўтилаётган ноқонуний дори воситалари аниқланди

    Bekobodda "Farhod" chegara bojxona postida qiyati 1 mlrd so‘mdan oshiq dori vositalarining noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yildi.

    'Qoraqoʻlda oʻquv markazida 20 nafar abiturient zaharlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:28

    Qoraqoʻlda oʻquv markazida 20 nafar abiturient zaharlandi

    Bemorlardan olingan qon namunalari belgilangan tartibda ekspertizaga yuborilgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 11.01.2026 17:19

    ''ning rasmi

    Jamiyat 11.01.2026 12:57

    ''ning rasmi

    Jamiyat 11.01.2026 12:03