AsosiyJamiyat

Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Уларнинг уйга қайтиши учун Ўзбекистоннинг Новосибирскдаги Бош консулхонаси ҳамда Миграция агентлиги ваколатхонаси кўмаклашган.

'Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi'ning rasmi

Rossiyaning Novosibirsk shahrida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan 8 nafar hamyurtimiz O‘zbekistonga qaytarildi

Mazkur insonparvarlik ko‘magi yurtimizda 30 iyuldan 30 avgustgacha e’lon qilingan "Vatanga qaytarish" tadbiri doirasida O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi vakolatxonasi tomonidan amalga oshirildi.

Bosh konsulxona va Migratsiya agentligi vakolatxonasi ko‘magida yurdoshlarimiz uchun aviachiptalar xarid qilindi.

Ular joriy yilning 20 avgust kuni "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining "Novosibirsk-Toshkent" reysi bilan O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi.

    Boshqa yangiliklar