Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo filialida bo‘lib o‘tgan muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyoti orqali Boyovut tumanida yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan ayol ikki o‘g‘il va bir qiz farzandni dunyoga keltirdi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlardan birinchi o‘g‘il bola 1 kg 920 g, ikkinchisi 2 kg 710 g, qiz bola esa 2 kg 830 g og‘irlikda tug‘ilgan.
Hozirda ona va bolalar shifokorlar nazoratida, salomatlik holati barqaror.