AQSH milliy gvardiyachilarga qurol olib yurishga ruxsat berildi. Bu haqda DW ma'lum qildi.
Hozirda Vashingtonda 1900 ga yaqin gvardiyachi Oq uy atrofi, Milliy xiyobon, vokzal va metro bekatlarini qo'riqlamoqda. Pentagon bu chora jinoyatchilikni kamaytirish uchun qilinganini bildirdi.
Donald Trump milliy gvardiyani avgust boshida poytaxtga yuborgan edi. U jinoyatchilik yuqoriligini ta'kidlagan, biroq rasmiy statistikada so'nggi yillarda zo'ravonlik jinoyatlari kamaygani qayd etilgan.