Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida tarvuzdan zaharlanish holatlari ko‘paygani haqida xabar tarqalmoqda. Holat yuzasidan Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologiya boshqarmasi munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, hozirgi kunda poytaxt aholisi o‘rtasida tarvuzdan zaharlanish holatlari ketma-ket qayd etilayotgani bo‘yicha Yuqumli kasalliklar shifoxonasidan tezkor xabarnomalar kelib tushgani yo‘q. Tarvuzdan zaharlanish holatlari ko‘payib ketayapti, degan xabarlar esa haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
“Tekshiruvdan o‘tmagan holda yo‘l yoqalarida sotilayotgan poliz mahsulotlarini xarid qilmasingiz, faqatgina ishonchli va ruxsat etilgan savdo nuqtalarida, to‘g‘ri sharoitda sotilayotgan mahsulotlarni iste’mol qilishingizni eslatib o‘tamiz”, — deyiladi xabarda.