AsosiyJamiyat

Sirojiddin Sayyid "El-yurt hurmati" ordeni bilan taqdirlandi

U 2006 yilda "O'zbekiston xalq shoiri" unvoniga sazovor bo'lgan.

'Sirojiddin Sayyid "El-yurt hurmati" ordeni bilan taqdirlandi'ning rasmi

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati a’zosi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Saidov (Sirojiddin Sayyid) "El-yurt hurmati" ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqdagi farmonqa bugun, 25 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzo chekdi.

Ma’lum qilinishicha, ijodkor O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, Yangi O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tibori va nufuzini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi, jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy barqarorlikni saqlash, yosh avlodni vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoiy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun mukofotlangan.

Ma’lumot uchun, Sirojiddin Sayyid 1958 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. U 2006 yilda "O‘zbekiston xalq shoiri" unvoniga sazovor bo‘lgan. Uning dastlabki to‘plami "Ruhim xaritasi" 1985 yilda chop etilgan bo‘lib, keyinchalik "Salqin harsanglar kaftida", "Sevgi mamlakati", "Asragil", "Mehr qolur, muhabbat qolur", "Kuydim", "Vatanni o‘rganish", "Vatan abadiy" ko‘plab kitoblari nashr etilgan, tanlangan asarlari esa "So‘z yo‘li" nomli ikki jildlikda jamlangan.

    Boshqa yangiliklar