Texnologik kompaniyalar o‘zlari ishlab chiqargan sun'iy intellekt modellarining atrof-muhitga ta'sirini o‘rganmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, sun'iy intellektdan foydalanish nafaqat quvvat talab qiladi, balki suv zaxiralarini ham kamaytiradi. Google'ning Gemini sun'iy intellekti boshqa modellar bilan solishtirilganda ekologiyaga kamroq zarar keltirishi mumkinligi aniqlandi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.
Qayd etilishicha, yangi texnik hujjatlarga ko‘ra, Google Gemini chat-botida bitta so‘rovni ishga tushirish televizorni 9 soniya tomosha qilish uchun sarflanadigan energiyaga (0,24 vatt-soat) teng. Har bir so‘rov uchun chiqariladigan karbonat angidrid taxminan 0.03 grammni tashkil qiladi. Ushbu SI modelining suv iste’moli esa taxminan 0.26 millilitr yoki taxminan besh tomchi suvni ko‘rsatadi.
Ma’lumot uchun, Gemini va ChatGPT kabi SI modellarining ishlashida zarur bo‘lgan ma’lumotlar markazidagi uskunalar suv orqali sovitiladi. U yerda kuchli issiqlik hosil qiluvchi minglab serverlar mavjud. Suv uskunaning qizib ketishini oldini olib, issiqlikni tarqatadi. Natijada ular uzluksiz va barqaror ishlaydi.
Google ning yozishicha, har bir qidiruv uchun chiqariladigan CO2 emissiyasi (uglerod dioksidini atmosfera yoki tuproqqa chiqarish jarayoni) juda oz miqdorni ko‘rsatadi. Open AI'ning ChatGPT modelini Google Gemini bilan solishtirsak, unda har bir so‘rov uchun 2.9 vatt quvvat sarflanadi va 4.3 gramm karbonad angidrid chiqariladi.