Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Lamin Yamal, Niko Uilyams va Viktor Munyos Jahon chempionatidagi ilk o‘yinga qadar safga qaytishini ma’lum qildi. Bu haqda Al Jazeera ma’lum qildi.
Jarohatidan tiklanaётgan uch futbolchi Peruga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib yuboradi, ammo 15 iyun kuni Kabo-Verdega qarshi bahsda ishtirok etishi kutilmoqda.
“Agar kutilmagan muammolar bo‘lmasa, ularning barchasi o‘yinga tayyor bo‘ladi”, — dedi de la Fuente.
Ispaniya Yevro-2024 g‘olibi sifatida Jahon chempionatiga asosiy favoritlardan biri bo‘lib kelmoqda.
Jamoa hujumchisi Yeremi Pinoning ta’kidlashicha, favorit maqomi ispanlar uchun qo‘shimcha bosim emas, balki faxr manbai hisoblanadi.






