Paulo Bento Oʻzbekiston milliy futbol jamoasiga bosh murabbiy sifatida tayinlanishi mumkin. Bu haqda “Football-Asean” nashri xabar berdi.
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etish arafasida jamoani yirik musobaqalar tajribasiga ega murabbiysiga topshirishni maqsad qilgan. Avvalroq Yoxim Lyov va Fotih Terim bilan muzokaralar boʻlib oʻtgan, biroq aniq kelishuvga erishilmagan.
Endilikda asosiy eʼtibor 56 yoshli Paulo Bentuga qaratilgan. U avval Portugaliya, Janubiy Koreya va BAA terma jamoalarini boshqargan. 2012-yilgi Yevropa chempionatida Portugaliyani yarim finalga olib chiqqan, 2022-yilgi Jahon chempionatida esa Janubiy Koreyani 1/8 finalga olib chiqib, Osiyoda eʼtibor qozongan.
Oʻzbekiston 2026 yilda ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etadi. OʻFA esa jamoani jahonshumul miqyosda raqobatlasha oladigan murabbiysiga topshirishni istamoqda. Manbalarga koʻra, Bento bilan muzokaralar davom etmoqda va u asosiy nomzodlardan biri hisoblanmoqda.