AsosiyDunyo

“Tolibon” yana O‘zbekistondan vertolyotlarni qaytarishni so‘radi

Hukumat tashqi ishlar vaziri avvalgi hukumat agʻdarilganidan soʻng Afgʻonistondan Oʻzbekiston va Tojikistonga olib oʻtilgan vertolyotlarni qaytarishga chaqirdi.

'“Tolibon” yana O‘zbekistondan vertolyotlarni qaytarishni so‘radi'ning rasmi

Afgʻonistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatining tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaqiy avvalgi hukumat agʻdarilganidan keyin Afgʻonistondan Oʻzbekiston va Tojikistonga olib oʻtilgan vertolyotlarni qaytarishga chaqirdi. Bu haqda u “Tolibon” tashqi ishlar vazirligi tomonidan diplomatlar va xalqaro tashkilotlar ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda soʻz ochdi.

Muttaqiy, shuningdek, mamlakaga nisbatan sanksiyalarini bekor qilish va Afgʻoniston sharqidagi zilzila jabrdiydalariga yordam koʻrsatish zarurligini qayd etgan.

“Biz toʻrt yil oldin siyosiy oʻzgarishlardan keyin bizning ayrim vertolyotlarimizni olib, qoʻshni davlatlarga topshirgan mamakatlardan ularni afgʻon xalqiga qaytarishni soʻraymiz, ular insonparvarlik operatsiyalarida ishlatiladi”, deydi u.

Nutqining boshqa qismida Muttaqiy Afgʻonistonga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar masalasiga toʻxtalgan. Uning soʻzlariga koʻra, ushbu sanksiyalar oqibatida joriy etilgan bank cheklovlari chet eldagi ayrim afgʻonistonliklarga mamakatga moddiy yordam yuborishni qiyinlashtirgan. Shu tariqa Muttaqiy xalqaro hamjamiyatni yana bir bor mamakatga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirgan.

“Afsuski, Afgʻonistonga qarshi joriy etilgan adolatsiz va noqonuniy cheklovlar tufayli yurtdoshlarimiz zilziladan jabrlanganlarga yordam yubora olmayapti”, — deydi u.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:13

    'Эрон Олий Раҳбари Оятуллоҳ Хоменеи ўлдиридими?'ning rasmi

    Dunyo 28.02.2026 14:43

    Эрон Олий Раҳбари Оятуллоҳ Хоменеи ўлдиридими?

    Isroil OAV Eron Oliy Rahbari Oyatulloh Xomeiniy Isroil zarbasi natijasida ehtimol halok bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

    'Saudiya Arabistoni Eron zarbalarini keskin qoraladi'ning rasmi

    Dunyo 28.02.2026 11:01

    Saudiya Arabistoni Eron zarbalarini keskin qoraladi

    Ar-Riyod Bahrayn, Iordaniya, BAA va Qatar suvereniteti buzilganini qoralab, vaziyat ogir oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

    '"Ozodlik vaqti keldi" - Trump eronliklarga murojaat qildi'ning rasmi

    Dunyo 28.02.2026 08:19

    "Ozodlik vaqti keldi" - Trump eronliklarga murojaat qildi

    AQSh prezidenti Donald Trump Eron hududida Isroil bilan birgalikda harbiy amaliyot boshlanganini e'lon qilib, eronliklarni amaldagi tuzumni ag'darishga chaqirdi.

    'Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi vatandoshlarga ogohlantirish berdi'ning rasmi

    Dunyo 28.02.2026 08:01

    Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi vatandoshlarga ogohlantirish berdi

    Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi 28 fevral kuni mamlakat hududida kuchli raketa hujumlari kuzatilishi kutilayotgani haqida murojaat yoʻlladi.

    'AQSH va Isroilning Eronga qarshi operatsiyasi oylab davom etishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo 28.02.2026 07:50

    AQSH va Isroilning Eronga qarshi operatsiyasi oylab davom etishi mumkin

    Бу ҳақда Исроил хавфсизлик манбаси 12-каналга маълум қилган.