AsosiyDunyo

Kozogʻistonda kelin oʻgʻirlash jinoyat deb topildi

Qozog‘istonda endilikda kelin o‘g‘irlash va nikohga majburlash jinoyat sifatida og‘ir jazolanadi.

'Kozogʻistonda kelin oʻgʻirlash jinoyat deb topildi'ning rasmi

Avvalgi tartibga ko‘ra, agar “o‘g‘ri” qizni o‘z ixtiyori bilan qo‘yib yuborsa, jazodan qutulib qolishi mumkin edi. Endi esa qiz ozod qilinsa ham, aybdor baribir jinoyiy javobgarlikka tortiladi.

Yangi jazolar:

• jarima, majburiy yoki jamoat ishlari, ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki qamoq;

• og‘ir oqibatlarda — 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish;

• voyaga yetmaganlarga, zoravonlik bilan yoki guruh bo‘lib amalga oshirilsa, jazo yanada og‘irlashadi. Qozog‘iston ombudsmani idorasining ma’lum qilishicha, ayrim hududlarda hali ham qizlarni majburan nikohlash holatlari saqlanib qolgan. Shu bois qonunchilikka qat’iy o‘zgartirish kiritildi. 

Qirg‘iziston, Turkmaniston va O‘zbekistonda esa bunday jinoyat uchun javobgarlik allaqachon joriy etilgan.

    Boshqa yangiliklar