“O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, 20 sentyabr kuni mamlakat bo‘yicha havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo yog‘ingarchiliksiz, biroq ayrim hududlarda shamol kuchayib, chang-to‘zonlarni keltirib chiqarishi mumkin. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi yoki ertalab yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Tog‘li hududlarda esa yomg‘ir yog‘ib, baland toglarda qor yog‘ishi kuzatilishi mumkin.
Shamol asosan sharqdan esadi, tezligi 3–12 m/s atrofida bo‘ladi. Ayrim hududlarda shamolning tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Kechasi respublika bo‘yicha havo harorati 8–18 daraja iliq, toglarda esa 5–10 daraja bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 23–28 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryoda 28–33 daraja, Buxoro va Navoiyda 25–30 daraja, Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 24–29 daraja iliq bo‘ladi. Tog‘li hududlarda esa havo 13–18 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.