AsosiyJamiyat

Fargʻonada Lacetti va tez yordam mashinasi toʻqnashdi

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, yo'l-transport hodisasi oqibatida tez tibbiy yordam avtomobili yo'lovchisiga birinchi tibbiy yordam ko'rsatilgan.

'Fargʻonada Lacetti va tez yordam mashinasi toʻqnashdi'ning rasmi

Kecha, 25 sentabr kuni Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida Lacetti tez tibbiy yordam avtomobili bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, D-087 – “Marg‘ilon shahar-Quva-Marhamat shahar” avtomobil yo‘lining 7-kilometrida, “O‘rda tagi” MFY “Mustaqillik” ko‘chasida harakatlanib ketayotgan Lacetti-2 rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan Volkswagen rusumli tez tibbiy yordam avtomobili bilan to‘qnashgan va yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi oqibatida tez tibbiy yordam avtomobili yo‘lovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

    Boshqa yangiliklar