Toshkentning "Bunyodkor" klubi rahbariyatida o`zgarish yuz berdi. Klub prezidenti sifatida ishlab kelgan Bedil Alimov o`rniga yangi rahbar tayinlandi.
"Championat.asia"ning ma`lumotiga ko`ra, endilikda "Bunyodkor" klubi prezidenti sifatida Shukrulla Nasimhonovich Mahmudov ish boshlaydi.
Eslatib o`tamiz, Shukurulla Mahmudov "Bunyodkor" klubining bosh homiysi “O`ztransgaz” kompaniyasining rahbari sanaladi.





