1

“Setora” guruhining qaytishi: Kamillaning ko`z yoshlari, muxlislar sog`ingan qo`shiqlar(Video)

Shou-biznes 17.12.2016, 15:25
Teglar: Video, Shou-biznes, YouTube
“Setora” guruhining qaytishi: Kamillaning ko`z yoshlari, muxlislar sog`ingan qo`shiqlar(Video)

Afsonaviy “Setora” guruhi katta sahnaga qaytayotgani haqida xabar bergan edik. 

Guruhning yana bir a`zosi Feruza Latipova ayni paytda AQShda bo`lgani uchun hozircha guruh faqat Kamilla va Leylidan iborat bo`ladi. 

15 dekabr kuni poytaxtdagi restoranlardan birida “Setora” guruhining muxlislari, ularning yaqinlari va OAV ishtirokida yangicha talqindagi “Rahmonim” qo`shig`ining taqdimot marosimi o`tkazildi.  “Sayyod” marosimdan reportajni taqdim etdi.  

O`ziga xos ijodiy kechada guruhning eng mashhur va sevimli xit taronalari ham Kamila va Leyli tomonidan jonli ijro etildi. 

Kamilla qo`shiq kuylab bo`lgach, hayajondan yig`lab yubordi. “Qo`shiq kuylash qanday baxt! Sevimli ishingni qilish qanday baxt!” dedi u ko`z yoshlarini yashirolmay. Kechada Feruzaning onlayn tabrigi ham yangradi. U ekrandan turib, guruhdoshlari bilan “Yangi yil” qo`shig`ini ijro etdi.

“Setora” guruhi endilikda faol ijod qila boshlaydi.

Sharhlar

Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1