AsosiyJinoyat

Ikkina nafar IIV tezkor xodimi pora olayotganda ushlanib qolgan

Sirdaryoning Xovos tumanida IIVning ikki nafar tezkor xodimi gumonlanuvchilarni qoʻrqitib, pul talab qildi.

'Ikkina nafar IIV tezkor xodimi pora olayotganda ushlanib qolgan'ning rasmi

Xovos tumanida bog‘dorchilik bilan shug‘ullanuvchi MChJ dalasidan polietilen sellofan o‘g‘irlangani haqida IIBga murojaat tushgach, bo‘limning podpolkovnik va mayor unvonidagi ikki nafar katta tezkor xodimi 4 fuqaroni majburan bo‘limga olib ketgani ma’lum bo‘ldi.

Tezkor xodimlar ularni "qamab qo‘yish" bilan qo‘rqitib, ishni to‘xtatish evaziga 55 mln so‘m talab qilgan. Keyinroq "zararni qoplash" uchun 24 mln so‘m olgani aytilmoqda. Shuningdek, jinoyat ishi qo‘zgatmaslik va hujjatlarni ma’muriy javobgarlikka moslab sudga yuborish uchun qo‘shimcha 11 mln so‘m talab qilishgan.

DXXning Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ular 11 mln so‘mni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ularga nisbatan JKning 210-moddasi (pora olish) 2-qismi "v", "g" bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zgatilib, "qamoq" ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar