AsosiyJinoyat

Farg‘onada firibgarlik va pora bilan bog‘liq ikki holat fosh qilindi

Rishtonda kadastr bo‘limi inspektori fuqaroga jarima qo‘llamaslik evaziga pora talab qilgani, yana bir holatda esa davlat muassasasi xodimlari tender g‘olibidan pul so‘ragani aniqlandi.

'Farg‘onada firibgarlik va pora bilan bog‘liq ikki holat fosh qilindi'ning rasmi

Farg‘ona viloyati Rishton tumanida kadastr bo‘limi bosh inspektori fuqaroning noqonuniy qurilishiga jarima solinmasligi va yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga 400 dollar talab qilgani ma’lum bo‘ldi. DXX va boshqa idoralar o‘tkazgan tezkor tadbirda u so‘ralgan pulni xizmat binosi oldida olayotgan vaqtida ushlandi.

Yana bir holatda, 2025 yil oktyabr oyida “Farg‘ona suv qurilish invest” davlat muassasasi binosini 850 mln so‘mga ta’mirlash bo‘yicha tenderda g‘olib chiqqan xususiy korxona rahbaridan ta’mirlashni boshlash uchun ruxsat evaziga 5 500 dollar talab qilingani aniqlandi. Tezkor tadbir chog‘ida mas’ullar 5 ming dollar olayotganida qo‘lga olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ishlar qo‘zgatilib, tergov davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '“O‘zavtoyo‘lbelgi” rahbariyatiga jinoyiy ish ochildi'ning rasmi

    Jinoyat 23.02.2026 13:26

    “O‘zavtoyo‘lbelgi” rahbariyatiga jinoyiy ish ochildi

    “O‘zavtoyo‘lbelgi” DUKning 3 nafar mansabdori turli moddalar bo‘yicha ayblanib, sud jarayoni boshlandi.

    '"Bishkeklik manyak" tergov izolyatorida o'lik holida topildi'ning rasmi

    Jinoyat 09.02.2026 13:52

    "Bishkeklik manyak" tergov izolyatorida o'lik holida topildi

    Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahridagi 1-sonli tergov hbsxonasida “bishkezlik manyak” nomi bilan tanilgan Qumarbek Abdirov o‘lik holida topildi.

    'Surxondaryoda ekologiya idorasi mansabdorisi pora bilan ushlangan'ning rasmi

    Jinoyat 09.02.2026 02:26

    Surxondaryoda ekologiya idorasi mansabdorisi pora bilan ushlangan

    Surxondaryo viloyatida daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bog‘liq holat bo‘yicha dalolatnomani o‘zgartirib berish evaziga pora talab qilgan mansabdor shaxs qo‘lga olindi.

    'Otasini ayovsiz kaltaklab, uning o‘limiga sabab bo‘lgan erkak qamaldi.'ning rasmi

    Jinoyat 16.01.2026 06:52

    'Surxondaryoda 11-sinf o‘quvchisi 9-sinf qizini zo‘rlagani aytilmoqda'ning rasmi

    Jinoyat 13.01.2026 16:18

    Surxondaryoda 11-sinf o‘quvchisi 9-sinf qizini zo‘rlagani aytilmoqda

    Hodisa bir necha oy avval maktabdan tashqarida va o‘quv vaqtidan tashqari paytda yuz bergan.

    'Akmal Shukurovni ozod qilgan 4 nafar sudya qamoqqa olindi'ning rasmi

    Jinoyat 13.01.2026 15:36

    Akmal Shukurovni ozod qilgan 4 nafar sudya qamoqqa olindi

    Tungi klub oldida sodir etilgan og‘ir jinoyat bo‘yicha sud qarorini noqonuniy o‘zgartirishda ayblangan sudyalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.