AsosiyJamiyat

Surxondaryoda kuyov qaynotasini urib o‘ldirgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ushbu mudhish voqea to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlish maqsadida Darak.uz mas’ullarga so‘rov jo‘natdi.

'Surxondaryoda kuyov qaynotasini urib o‘ldirgani aytilmoqda'ning rasmi

Holat 2025 yilning 28 dekabr kuni Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida sodir bo‘lgani aytilmoqda.

Voqea qanday yuz bergani quyidagicha bildirilgan:

Kelinning qaynotasi va boshqa qarindoshlari oilaviy nizoni tinch yo‘l bilan hal qilish maqsadida kuyovning uyiga borishgan. Ammo bu urinish omnaviy vahshiylikka aylanib, kuyov tarafdan 5-7 nafar shaxs temir buyumlar bilan qurollanib, qaynota Rahimov O.ning bosh qismiga o‘ta shafqatsizlik bilan zarbalar berishgan.

Hatto u hushsiz holga tushganidan keyin ham do‘pposlashda davom etishgan. Natijada Rahimov O. shifoxonada, operatsiya vaqtida vafot etgan.

Shuningdek, mushtumzorlar fuqaro Rahimov S.ga ham og‘ir tan jarohati yetkazgan va u ayni damda shifoxonada og‘ir ahvolda qolmoqda.

Kaltaklash kamlik qilgandek og‘ir ahvoldagi qaynota shifoxonaga olib ketilayotganda kuyovning qarindoshlari tomonidan yo‘l to‘sib qo‘yilgan. Mashina haydovchisi ham kaltaklanib, unga nisbatan tahdid qilingan.

Bir amallab bemor davlat shifoxonasiga olib kelinganidan keyin ham shifokorlarning e‘tiborsizligi va mas’uliyatsizligi tufayli 4 soat davomida qaynota tibbiy yordamsiz qolgan. Iddao qilinishicha, shifokorlar bemorni qabul qilishdan bosh tortishgan.

    Boshqa yangiliklar