AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda metan “zapravka”larning ish vaqtiga vaqtincha cheklov kiritildi

Cheklov magistral gaz quvurlarida bosim pasayishi bilan bog‘liq.

'O‘zbekistonda metan “zapravka”larning ish vaqtiga vaqtincha cheklov kiritildi'ning rasmi

8 yanvardan boshlab respublika bo‘ylab metan "zapravka"lar soat 10:00 dan 16:00 gacha ishlaydi. Cheklov magistral gaz quvurlarida bosim pasayishi bilan bog‘liq.

Energetika vazirligi ma’lum qilishicha, magistral gaz quvurlarida bosim pasayishi kuzatilayotgani sababli metan "zapravka"lar faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etilmogda. Shu munosabat bilan 8 yanvardan boshlab avtogaz quyish shoxobchalar soat 10:00 dan 16:00 gacha ishlaydi.

Qayd etilishicha, mazkur chora aholi xonadonlari, jamoat transporti hamda ijtimoiy soha ob’yektlarini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash maqsadida ko‘rilmogda. Farg‘ona vodiysida esa metan "zapravka"larning ish rejimi gaz bosimi holatidan kelib chiqqan holda mahalliy hokimliklar bilan kelishib belgilanadi.

Vazirlikka ko‘ra, gaz ta’minotidagi umumiy holat, bosim darajasi va iste’mol hajmidan kelib chiqib, cheklovlar qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Shuningdek, gaz bosimini me’yorga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotgani, cheklovlar esa vaqtinchalik ekani ta’kidlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda qoidabuzar haydovchi uchta avtomobilni urib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat 08.01.2026 17:33

    Toshkentda qoidabuzar haydovchi uchta avtomobilni urib ketdi

    Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    'AQSHda ICE xodimi tomonidan ayol o‘ldirilishi ortidan omma noroziliklari boshlandi.'ning rasmi

    Jamiyat 08.01.2026 15:11

    AQSHda ICE xodimi tomonidan ayol o‘ldirilishi ortidan omma noroziliklari boshlandi.

    Mahalliy va federal hokimiyatlar voqea yuzasidan qarama-qarshi bayonotlar bermoqda.

    'Samarqandda ayol tug‘urug‘xona oldida chaqalog‘ini dunyoga keltirib, hojatxonaning chiqindi qutisiga tashlab ketdimi?'ning rasmi

    Jamiyat 08.01.2026 14:07

    'Toshkentda hokimlik hodimi pora bilan ushlangdi'ning rasmi

    Jamiyat 08.01.2026 12:44

    Toshkentda hokimlik hodimi pora bilan ushlangdi

    Uchtepa tumani hokimligi bo‘limi bosh mutaxassisi tadbirkordan 3 ming dollar talab qilgan vaqtida qo‘lga olindi.

    'O‘zbekistonda 2025 yilda donorlar qancha qon topshirgani ochiqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 08.01.2026 10:37

    O‘zbekistonda 2025 yilda donorlar qancha qon topshirgani ochiqlandi

    Sog‘ligni saqlash vazirligi donorlik holati va mamlakandagi qon zaxiralari bo‘yicha ma’lumot berdi.

    'Toshkentda havo sifati yomonlashmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 08.01.2026 06:38

    Toshkentda havo sifati yomonlashmoqda

    Ekologlar 16-17 yanvargacha noqulay meteorologik sharoyitlar davom etishini ma'lum qildi.