AsosiyJamiyat

Toshkentda tunnelda ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan erkak qo‘lga olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video ortidan poytaxtdagi tunneldagi ayolga nisbatan uyatsiz harakatlar sodir etgan shaxs aniqlandi, ushlandi.

'Toshkentda tunnelda ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan erkak qo‘lga olindi'ning rasmi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lum qilishicha, 6 yanvar kuni soat 18:50 larda Uchtepa tumani Lutffiy ko‘chasidagi tunnelda noma’lum erkak 1996 yilda tug‘ilgan ayolga nisbatan uyatsiz, buzug harakatlar qilib, voqea joyidan qochib ketgan.

Holat yuzasidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida gumonlanuvchi 1993 yilda tug‘ilgan V. Andrey ekani aniqlandi, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlangan. Hozirda Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan tergovgacha qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

IIBB usbu shaxsning nojo‘ya xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolarni 102 qisqa raqami yoki 71-231-95-20 telefoni orqali murojaat qilishga chaqirdi.

    Boshqa yangiliklar