AsosiyJamiyat

Chegara kelishuvlarida Shavkat Mirziyoyevning hissasi katta boʻldi — Sadir Japarov

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyodagi chegar masalalarini hal etishda O‘zbekiston rahbarining diplomatik sa’y-harakatlarini alohida ta’kidladi.

'Chegara kelishuvlarida Shavkat Mirziyoyevning hissasi katta boʻldi — Sadir Japarov'ning rasmi

Qirg‘izistonda Prezident Sadir Japarovning besh yillik faoliyatiga bag‘ishlangan to‘rt qismli "Prezident" hujjatli filmi namoyish etildi. Filmning ikkinchi qismida qirg‘iz–tojik chegarasidagi keskin vaziyat va uni bartaraf etish jarayonlari haqida so‘z boradi.

Sadir Japarovning aytishicha, ushbu murakkab masalaga yechim topilishida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning maslahatlari va vazmin diplomatik yondashuvi muhim rol o‘ynagan. U sammit va uchrashuvlar davomida Tojikiston rahbari bilan chegara masalasini bevosita muhokama qilish tashabbusini ilgari surganini aytgan.

“Bu jarayonda Shavkat Mirziyoyevning o‘rni juda katta bo‘ldi. U kishi muammoni aynan shu paytda hal qilish kerakligini, aks holda keyin kech bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi va yon berishga borish lozimligini maslahat berdi”, — dedi Qirg‘iziston prezidenti.

Shuningdek, Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Qulubayev ham O‘zbekiston prezidentining tashabbus va sa’y-harakatlarini yuqori baholab, chegara mojarolarining davom etishi mintaqaviy barqarorlik va investitsion jozibadorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishini Mirziyoyev bir necha bor ta’kidlaganini qayd etdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Samarqandda ayol tug‘urug‘xona oldida chaqalog‘ini dunyoga keltirib, hojatxonaning chiqindi qutisiga tashlab ketdimi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:07

    'Toshkentda hokimlik hodimi pora bilan ushlangdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:44

    Toshkentda hokimlik hodimi pora bilan ushlangdi

    Uchtepa tumani hokimligi bo‘limi bosh mutaxassisi tadbirkordan 3 ming dollar talab qilgan vaqtida qo‘lga olindi.

    'O‘zbekistonda 2025 yilda donorlar qancha qon topshirgani ochiqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:37

    O‘zbekistonda 2025 yilda donorlar qancha qon topshirgani ochiqlandi

    Sog‘ligni saqlash vazirligi donorlik holati va mamlakandagi qon zaxiralari bo‘yicha ma’lumot berdi.

    'Toshkentda havo sifati yomonlashmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:38

    Toshkentda havo sifati yomonlashmoqda

    Ekologlar 16-17 yanvargacha noqulay meteorologik sharoyitlar davom etishini ma'lum qildi.

    'Toshkentda YTH ortidan bir kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:40

    Toshkentda YTH ortidan bir kishi halok bo‘ldi

    Hodisa Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan.

    'O‘zbekistonda metan “zapravka”larning ish vaqtiga vaqtincha cheklov kiritildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:00

    O‘zbekistonda metan “zapravka”larning ish vaqtiga vaqtincha cheklov kiritildi

    Cheklov magistral gaz quvurlarida bosim pasayishi bilan bog‘liq.