AsosiyJamiyat

Chegarani buzib o‘tilgan kuchli ta’sir qiluvchi dorilar musodara qilindi

Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yirik miqdordagi noqonuniy dori vositalari olib kirilishining oldi olindi.

'Chegarani buzib o‘tilgan kuchli ta’sir qiluvchi dorilar musodara qilindi'ning rasmi

DXX Chegara qo‘shinlari va Ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “o‘zbek–qirg‘iz” davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan shaxs uslandi. U Farg‘ona viloyati Rishton tumani hududi orqali qo‘shni davlatdan kirib kelgan bo‘lib, Uchko‘prik tumanida yashashi aniqlandi.

Tekshiruv jarayonida gumonlanuvchi yonidan umumiy qiymati 1 milliard 320 million so‘mlik 9 542 dona “Zardeks” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari topilib, belgilangan tartibda rasmiylashtirib olindi. Mazkur dori tarkibidagi “pregabalin” moddasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27-sentabrdagi 818-son qaroriga asosan kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar