AsosiyBu qiziq

Bugun O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin

“O‘zgidromet” 6 fevral kuni respublika bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qilindi.

'Bugun O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin'ning rasmi

6 fevral kuni O‘zbekiston viloyatlarida yog‘ingarchilik, tuman va ayrim joylarda kuchli shamol kuzatiladi. Bu haqda “O‘zgidromet”xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi +3...+5 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi.

Harorat kechasi -7...-12 daraja sovuq, ba’zi joylarda -14 daraja sovuqqacha, kunduzi 0...-5 daraja sovuq, ba’zi joylarda -7 daraja sovuqqacha, Ustyurtda kechasi -15...-18 daraja sovuq, kunduzi -9...-12 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayadi. Harorat kechasi -2 daraja sovuq, +3 daraja iliq, kunduzi +2...+7 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayadi. Harorat kechasi va kunduzi +1...+6 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja iliq, kunduzi +5...+10 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi +1...+6 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi havfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi +2...+7 daraja sovuq bo‘ladi.

5-9 fevralda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi havfi bor.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shavkat Mirziyoyev Pokistonda faxriy doktor va professor bo‘ldi.'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 02:18

    Shavkat Mirziyoyev Pokistonda faxriy doktor va professor bo‘ldi.

    Ushbu unvonlar O‘zbekiston yetakchisining ijtimoiy-iqtisodiy va ta’lim sohalaridagi islohotlar, mamlakatni izchil modernizatsiya qilish, fan va texnologiyalarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlik hamda akademik aloqalarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun berilgan.

    'Smithsonian Ўзбекистондаги Ислом цивилизацияси марказини 2026 йилда дунёдаги ТОП-10 музей қаторига киритди'ning rasmi

    Bu qiziq 05.02.2026 10:16

    Smithsonian Ўзбекистондаги Ислом цивилизацияси марказини 2026 йилда дунёдаги ТОП-10 музей қаторига киритди

    Toshkentda barpo etilayotgan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Smithsonian Magazine — AQShdagi Smitson institutining rasmiy nashri talqiniga koʻra, 2026 yilda dunyoda eng katta qiziqish bilan kutlangan 10 ta muzeydan biri sifatida eʼtirof etildi.

    'Bitcoin narxi oxirgi oylardagi eng past darajaga tushdi'ning rasmi

    Bu qiziq 05.02.2026 04:56

    Bitcoin narxi oxirgi oylardagi eng past darajaga tushdi

    3 fevral kuni kechqurun bitkoin kursi 2024 yil noyabridan beri ilk bor keskin pasayishni qayd etdi.

    ''ning rasmi

    Bu qiziq 04.02.2026 10:10

    'Importga dunyo qanchalik qaram?'ning rasmi

    Bu qiziq 04.02.2026 09:41

    Importga dunyo qanchalik qaram?

    Bugungi kunda ayrim davlatlar iqtisodiyoti tashqi bozorlarsiz deyarli yashay olmaydi — ayrim mamlakatlarda import hajmi hatto YaIMdan ham oshgan.

    'Bugun qanday ob-havo bo‘lishi aytildi'ning rasmi

    Bu qiziq 04.02.2026 03:01

    Bugun qanday ob-havo bo‘lishi aytildi

    “O‘zgidromet” 4 fevral kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.