Rasmiy hujjatga ko‘ra, 2026 yil uchun qashshoqlik darajasini 2,8 foizgacha, ishsizlik darajasini esa 4,5 foizgacha pasaytirish maqsad qilib belgilangan. Avvalroq Prezidentning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida ham qashshoqlik va ishsizlikni 4,5 foiz darajasiga tushirish vazifasi qo‘yilgan edi.

Rasmiy statistika asosida, 2025 yil yakunlari bilan ishsizlik darajasi 5,5 foizdan 4,9 foizga, qashshoqlik darajasi esa 8,9 foizdan 5,8 foizga pasaytirilgan.
Shu bilan birga, qashshoqlik darajasining puldagi ifodasi hisoblangan minimal iste‘mol xarajatlari hozirgacha indeksatsiya qilinmagan.
Ayni paytda u 669 ming so‘mni tashkil etadi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, mazkur ko‘rsatkich 2026 yil 20 yanvargacha yillik inflyatsiyani hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqilishi lozim edi.






