AsosiyJamiyat

Administratsiyadan olingan Umarova pedagogika universitetiga rektor bo‘ldi

Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida olti oy ishlagan Hilola Umarova Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori etib tayinlandi.

'Administratsiyadan olingan Umarova pedagogika universitetiga rektor bo‘ldi'ning rasmi

Xilola O‘ktamovna O‘marova Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Ma’lum qilinishicha, u boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasini tark etgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘marova mazkur lavozimga olti oy avval tayinlangan edi.

Shu bilan birga, Ilhom Sirojjev Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Avvalroq xabar qilinganidek, O‘marova Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimini egalladi.

    Boshqa yangiliklar