AsosiyJamiyat

Oʻzbekistonliklar martda necha kun dam oladi?

8 va 21 mart bayramlari munosabati bilan necha kun olinishi ma’lum bo‘ldi.

'Oʻzbekistonliklar martda necha kun dam oladi?'ning rasmi

2026 yilda ayrim umumxalq bayramlari dam olish kunlariga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ishchi-xodimlar uchun dam olish kunlarini ko‘chirish tartibi qonunchilik asosida belgilab qo‘yildi. 

Xususan, 21 mart — Navro‘z hamda ehtimoliy hisob-kitoblarga ko‘ra Ramazon hayiti shu sanaga to‘g‘ri kelishi, shuningdek, 8 mart — Xotin-qizlar kunining yakshanbaga mos kelishi dam olish kunlariga ta’sir qiladi.

Ma’lumki, 21 mart shanba kuniga to‘g‘ri keladi. Amaldagi mehnat qonunchiligiga ko‘ra, ishlanmaydigan bayram kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, u keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.

Shu tartib asosida dam olish kuni 23 mart — dushanbaga o‘tkaziladi.

Haftada 5 kun ishlaydiganlar uchun:

21 mart — bayram;

22 mart — yakshanba;

23 mart — ko‘chirilgan dam olish kuni.

Jami: 3 kun dam olish.

Haftada 6 kun ishlaydiganlar uchun:

21 mart — bayram;

22 mart — yakshanba.

Jami: 2 kun dam olish.

Shuningdek, 2026 yilda 8 mart — Xotin-qizlar kuni ham yakshanbaga to‘g‘ri keladi. Shu sababli dam olish kuni keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.

Haftada 5 kun ishlaydiganlar uchun:

7 mart — shanba dam olish;

8 mart — bayram;

9 mart — ko‘chirilgan dam olish kuni.

Jami: 3 kun dam olish.

Haftada 6 kun ishlaydiganlar uchun:

8 mart — bayram;

9 mart — ko‘chirilgan dam olish kuni.

Jami: 2 kun dam olish.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, ayrim fuqarolar uzoqroq bayram ta’tillariga o‘rgangani uchun bu yilgi 2–3 kunlik tanaffus qisqadek tuyulishi mumkin. Biroq amaldagi tartibga ko‘ra, bayram va dam olish kunlari ustma-ust kelganda, dam olish kuni keyingi ish kuniga ko‘chiriladi. Qonunchilikka o‘zgartirish kiritilsa, bu haqda qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

    Boshqa yangiliklar