AsosiyJamiyat

Bank mansabdori 30 ming dollar bilan ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

'Bank mansabdori 30 ming dollar bilan ushlandi'ning rasmi

Mamlakatdagi yetakchi tijorat banklaridan biri Amaliyot boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari 72,9 mlrd so‘mlik soliq qarzini “bartaraf qilib berish” evaziga 110 ming dollar talab qilib, 30 ming dollarini olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar