AsosiyJamiyat

Buxoroda toʻy korteji YTHga uchradi

Aniqlanishicha, kortej tarkibidagi Cobalt va Malibu haydovchilari yo‘l talashgan.

'Buxoroda toʻy korteji YTHga uchradi'ning rasmi

Buxoro viloyatining Olot tumanida to‘y korteji ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, kortej tarkibidagi Cobalt va Malibu haydovchilari yo‘l talashib, keskin harakatlangan. Oqibatda Cobalt Malibu bilan to‘qnashib, yo‘l chetiga chiqib ketgan.

Holat yuzasidan haydovchilarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Ish sudda ko‘rib chiqilib, haydovchilardan biriga 1 yil muddatga transport vositasiini boshqarish huquqidan mahrum qilish jazosi hamda BHMning 25 baravari — 10 mln 300 ming so‘m miqdorida jarima tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar