AsosiyJamiyat

Qo‘qondagi ko‘p qavatli uynining portlashi ortidan bir nafar kishi halok bo‘ldi

Yana nimalar ma'lum?

'Qo‘qondagi ko‘p qavatli uynining portlashi ortidan bir nafar kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

Bugun, 25 fevral kuni soat 14:47 da Favqulodda vaziyatlar vazirligiga "112" tizimi orqali Qo‘qon shahar Bo‘ston MFYdagі ko‘p qavatli uylardan birida chaqnash va yong‘in yuz bergani haqida xabar kelib tushgan.

Qutqaruv ekipajlari voqea joyiga tez yetib borib, yong‘inni qisqa muddatda bartaraf etdi. Dastlab tan jarohati olganlar haqida ma’lumot berilmagan.

Keyinchalik olib borilgan qutqaruv ishlari davomida vayronalar ostidan bir nafar fuqaroning jasadi topildi. Hozirda hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom etmoqda, vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

    Boshqa yangiliklar