AsosiyJamiyat

Pastdarg‘omda sudya pora bilan qo‘lga tushdi

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudya 300 AQSH dollari pora olgan vaqtida ushlangan.

'Pastdarg‘omda sudya pora bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

Ma’lum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari prokuratura organlari va Sudyalar oliy kengashi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda Pastdarg‘om tuman fuqarolik ishlari sudi sudyasi ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 U aliment ishini da’vogar foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga 300 AQSH dollari talab qilgani aytilmogda.

Hozirda sudyaga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zgatilib, tergov harakatlari olib borilmogda.

    Boshqa yangiliklar