AsosiyJamiyat

Navoiyda bir maktabning 23 o‘quvchisi muddatidan oldin talaba bo‘ldi

Navoiy shahridagi 11-aniq fanlar chuqur o‘qitiladigan ixtisoslashgan maktabining 23 nafar o‘quvchisi oliy ta’lim muassasalariga muddatidan oldin qabul qilindi.

'Navoiyda bir maktabning 23 o‘quvchisi muddatidan oldin talaba bo‘ldi'ning rasmi

Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi ma'lumotiga ko'ra, maktabning 21 nafar 11-sinf o'quvchisi 189 ball to'plab, talaba bo'lgan.

Shuningdek, 2 nafar 10-sinf o'quvchisi ham talabalik maqomini qo'lga kiritgan.

Qayd etilishicha, mazkur ta'lim muassasasi yillar davomida turli yo'nalishlarda yuqori natijalarni qayd etib, viloyat ta'lim tizimida etakchi maktablardan biri sifatida e'tirof etilib kelinmoqda.

Bu yilgi natijalar esa maktabdagi izchil rivojlanishning davomi sifatida baholanmoqda.

    Boshqa yangiliklar