AsosiyJamiyat

Qor va -10 daraja: "O'zgidromet" havo sovishi haqida ogohlantirdi

Sinoptiklar ma’lumotlariga ko‘ra, 9–12 mart kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

'Qor va -10 daraja: "O'zgidromet" havo sovishi haqida ogohlantirdi'ning rasmi

9-11 mart kunlari respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin, ayrim tog‘li hududlarda esa yomg‘ir va qor ko‘p yog‘ishi ehtimoldan holi emas.

Shamol 15–20 m/s, ayrim hududlarda esa 22–25 m/s gacha kuchayishi mumkin.

10–12 mart kunlari havo harorati pasayib, respublika shimolida kechasi -7…-10°C, kunduzi 0…-3°C gacha bo‘ladi. Qolgan hududlarda kechasi 0…-3°C, kunduzi +2…+5°C atrofida bo‘lishi kutilmogda.

    Boshqa yangiliklar