1

Bayram sovg`asini tanlash borasida 7 tavsiya

SUG'DIYONA 24.12.2016, 12:50
Teglar: Sovg`a, SUGDIYONA, Yangi yil
Bayram sovg`asini tanlash borasida 7 tavsiya

Yangi yil oqshomida barchamiz qandaydir mo``jizani kutamiz. Bu uzoq kutilgan orzularimiz ushalishi yoki shunchaki yoqimli sovg`a bo`lishi ham mumkin. Yaєinlaringizga mo``jiza ulashishni istaysizmi? Unda  sovg`a tanlash borasidagi maslahatlarimiz ishingizni anchayin engillashtiradi, degan umiddamiz.

1.     Ota-onalarimizga. To`ydagi suratlari qaerda saqlanishini bilasizmi? Sekingina suratlardan birini oling-da, kattalashtirilgan ko`rinishda qayta ishlating. So`ng chiroyli ramkaga joylab, sovg`a qilishingiz mumkin. Bu ularga yorqin xotiralarni eslatadi.

2.     Buvijon va buvajonlarga esa kundalik ehtiyojlariga yaraydigan sovg`alar yoqadi, masalan, yumshoq jun ro`mol, uy ichida kiyiladigan qulay oyoq kiyimlar, devor soatlari.

3.     Ayolingizga. Unutmang, ayol kishi ham yosh boladek Yangi yilda sovg`alar kutadi. Faqat zinhor uy-ro`zg`or buyumlari sovg`a qila ko`rmang. Yaxshi atir, did bilan tanlangan taqinchoq ularni chin dildan xursand qiloladi.  

4.     Eringizga. Agar turmush o`rtog`ingizning asosiy vaqti kompyuter oldida o`tsa, unga yangi klaviatura yoki simsiz ishlovchi yangi sichqoncha sovg`a qiling. Avtoulov  egasiga mashinasini bezab turadigan biror aksessuar tanlang.

5.     Bolangizga qog`oz qalam bering-da, Qorboboga xat yozishni taklif qiling. Bolaning murg`ak ko`ngli qorboboga juda ishonadi va unga butun xohishlarini to`kib soladi. Siz eca bu xatni olingda do`konga boring va dilbandingiz orzularini amalga oshiring.

6.     Dugonangiz mohir pazandami, unda unga yangi rusumdagi qoliplar yoki pazandalik kitoblaridan sovg`a qiling. Shuningdek, go`zallik vositalaridan istaganingizni tanlashingiz ham mumkin.

7.     Qolgan barcha yaqinlaringizga qo`lda yasalgan sovg`alardan yoki sharoitingizga qarab har xil buyumlar hadya eting. Agar sovg`a olishga ulgurmay qolsangiz yoki ayni damda moddiy tarafdan salgina qiyinroq vaziyat bo`lsa, siqilmang, asosiysi Yangi yil kayfiyatini ulashish! Ko`p kuling, bayramdan zavqlaning.

Sharhlar

O`zbekiston bosh archasi qaerda o`rnatilgani ma`lum qilindi (video)

10.12.2021, 10:32

Har yili uzoq kutiladigan Yangi yil ayyomiga sanoqli kunlar qoldi. Toshkentda esa bayram tantanalarini nishonlash uchun tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlab yuborilgan.  Eng baland sanalgan yurtimizning...
Yangi yilni yana qorsiz kutib olamizmi?

27.12.2019, 17:33

Insonlar Yangi yil bayramini odatda qorli sovuq ob-havo bilan kutib olishni xohlaydilar.Biroq boshqa janubiy o`lkalar kabi O`zbekiston aholisi ham har doim Yangi yilni qor bilan...
Qashqadaryoda “Eng yaxshi yangi yil manzarasi” tanlovi boshlandi. Ilk ishtirokchi "InFinBank" (foto)

17.12.2019, 22:10

Qashqadaryodagi tashkilot, korxona va muassasalar binolarini yangi yil arafasida bayramona bezalganlik darajasini aniqlash maqsadida viloyat hokimligi tomonidan “Eng yaxshi yangi yil manzarasi” tanloviga start berildi,...
Toshkentning asosiy Yangi yil archasi odatdagidan erta o`rnatila boshladi (foto)

26.11.2019, 17:14

Istiqlol ko`chasidagi Alisher Navoiy nomidagi kutubxonada yonida odatdagidan ko`ra erta Toshkentning asosiy yangi yil archasi o`rnatila boshlandi.Darakchi.uz tahririyatiga yuborilgan suratlardan ko`rinib turibdiki, Archaning karkasi o`rnatib...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1