1

Uyingizni bayramga bezatish uchun 9 tavsiya

SUG'DIYONA 27.12.2016, 15:26
Teglar: SUGDIYONA, Yangi yil
Uyingizni bayramga bezatish uchun 9 tavsiya

1.    Agar uyda archa uchun joy yo`q bo`lsa yoki shunchaki siz archa sotib olishga ulgurmagan bo`lsangiz,  daraxt shohidan archa yasashingiz mumkin. Kattaroq ignabargli daraxtning bir shohini devorga osing-da, istaganingizdek yasatavering.

2.    Uy burchaklaridan ham unumli foydalaning. U erga kichik hajmdagi archani qo`yiib, kichik o`yinchoqlar bilan bezating.

3.    Archa o`yinchoqlaridan faqatgina archani bezatish uchun emas, uyni bezatish uchun ham foydalaning. Dumaloq archa o`yichog`ini yaroqsiz kompyuter diskiga maxsus elim yordamida yopishtiring, so`ng ilgichini olib tashlang. Ichiga yangi yoki sun`iy gullardan solib, stol ustiga qo`ying.

4.    Oshxona derazasiga esa o`z qo`lingiz bilan yasagan yorqin rangdagi qor parchalarini yopishtiring, ignabargli daraxt shohi yordamida bezakni yakunlang.

5.    Uyingizda doimiy osig`lik turadigan zerikarli suratlarga ham Yangi yil quvonchini ulashing. Bu juda oson, shunchaki ignabargli daraxt shoxlaridan surat tepasiga osib qo`ying.

6.    Stol va stullarga ham qizil yoki boshqa rangdagi yorqin tasmadan shunchaki kapalak shaklida boylab qo`ysangiz bas. Shugina bilan e`tiborli uy bekasi ekanligingizga va Yangi yilga hafsala bilan  tayyorgarlik ko`rganingini namoyish etasiz.

7.    Uyingizda zinapoyalar bo`lsa, ularni o`z didingiz va imkoniyatingizga qarab bezating. Nafaqat bolalaringizga,  balki mehmonlaringiz va qo`shnilaringizga  ham Yangi yil kayfiyatini ulashasiz.

8.    Yangi yil Qorbobosiz bo`lishi mumkin emas. Istasangiz, tayyor Qorbobo shakllarini sotib oling yoki o`zingiz yasang. Agar muzlatkichigiz qorday oppoq bo`lsa, ayni muddao. Rangli qog`ozlardan kichkintoyingiz bilan birgalikda Єorboboning ko`zini, burnini, og`zini, sharfini qirqib oling-da, yopishtirib chiqing. Ishonavering, bu sizga ham, bolangizga ham olam-olam quvonch bag`ishlaydi.

9.    Ma`lumki, doim Yangi yil arafasida qor yog`ib, bizni quvontirmaydi. Lekin kuyinmang, axir paxta yordamida sun`iy qor yasab, uydan chiqmay ham qishdan zavqlansak bo`ladi.

Sharhlar

O`zbekiston bosh archasi qaerda o`rnatilgani ma`lum qilindi (video)

10.12.2021, 10:32

Har yili uzoq kutiladigan Yangi yil ayyomiga sanoqli kunlar qoldi. Toshkentda esa bayram tantanalarini nishonlash uchun tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlab yuborilgan.  Eng baland sanalgan yurtimizning...
Yangi yilni yana qorsiz kutib olamizmi?

27.12.2019, 17:33

Insonlar Yangi yil bayramini odatda qorli sovuq ob-havo bilan kutib olishni xohlaydilar.Biroq boshqa janubiy o`lkalar kabi O`zbekiston aholisi ham har doim Yangi yilni qor bilan...
Qashqadaryoda “Eng yaxshi yangi yil manzarasi” tanlovi boshlandi. Ilk ishtirokchi "InFinBank" (foto)

17.12.2019, 22:10

Qashqadaryodagi tashkilot, korxona va muassasalar binolarini yangi yil arafasida bayramona bezalganlik darajasini aniqlash maqsadida viloyat hokimligi tomonidan “Eng yaxshi yangi yil manzarasi” tanloviga start berildi,...
Toshkentning asosiy Yangi yil archasi odatdagidan erta o`rnatila boshladi (foto)

26.11.2019, 17:14

Istiqlol ko`chasidagi Alisher Navoiy nomidagi kutubxonada yonida odatdagidan ko`ra erta Toshkentning asosiy yangi yil archasi o`rnatila boshlandi.Darakchi.uz tahririyatiga yuborilgan suratlardan ko`rinib turibdiki, Archaning karkasi o`rnatib...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1