AsosiyJamiyat

82 nafar ziyoratchi Istanbul aeroportida qiyin vaziyatda qolib ketdi

Saudiya Arabistonidan qaytayotgan o‘zbekistonlik ziyoratchilar tranzit hududida muammoga duch kelib, masala muzokaralar orqali hal etildi.

'82 nafar ziyoratchi Istanbul aeroportida qiyin vaziyatda qolib ketdi'ning rasmi

Ma'lum qilinishicha, 18 aprel kuni Sauudiya Arabistonidan Turkiya orqali O‘zbekistonga qaytayotgan 82 nafar fuqaro Sabiha Gökchen xalqaro aeroportida murakkab vaziyatga tushib qolgan. Ular "Ihlos Travel" va "Hikmat Travel" xususiy turistik firmalari xizmatlaridan foydalangan holda "Ar-Riyod — Istanbul — Chimkent — Toshkent" yo‘nalishi bo‘yicha umra safarini rejalashtirgan.

Tomonlar zimmasiga yuklangan majburiyatlar to‘liq bajarilmaganligi oqibatida ziyoratchilar chet elda qiyin holatga tushib qolgan. Tegishli idoralar aralashuvi bilan muzokaralar o‘tkazilib, tranzit hududda bo‘lgan fuqarolar oziq-ovqat, transport va zarur xizmatlar bilan ta'minlandi hamda ularning Vatanga xavfsiz qaytishi to‘liq nazoratga olindi.

Mutasaddi fuqarolar va turistik firmalarga kelgusida bunday holatlarning oldini olish uchun safar yo‘nalishlari, tranzit tafsilotlari va ziyoratchilar bilan doimiy aloqani ta'minlash zarurligini eslatdi.

    Boshqa yangiliklar